Italiya hukumatini ilk bor ayol kishi boshqarishi mumkin – OAV 

Jahon 21:32 / 22.08.2019 7597

Italiya konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Marta Kartabiya ilk bor tarixda Italiyaning ayol bosh vaziri bo‘lishi mumkin.

Bunday taklif bilan Sky TG24 axborot kanali chiqdi. Kanal ayolning ismini muqobil parlament ko‘pchiligi tayanishi mumkin bo‘lgan koalitsiyaviy hukumatning ehtimoliy rahbari sifatida aytgan.      

Italiya prezidenti Serjo Mattarella hukumat inqirozidan chiqish maqsadida barcha partiyalar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda.

20 avgustda Italiyaning bosh vaziri – “5 yulduz” harakati” va “Liga” partiyalari tarkibidagi koalitsiyaviy hukumat rahbari Juzeppe Konte iste'foga chiqdi. Uning bunday qaror qabul qilishiga uning o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri va “Liga” yetakchisi Matteo Salvinining bayonoti turtki bo‘lgan. Salvini 8 avgustda hukmron ko‘pchilik yo‘qligini aytib, yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: