Davlat boji stavkalariga qo‘shimcha kiritiladi. U harbiylarga aloqador

O‘zbekiston 13:16 / 22.08.2019 19281

Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandi (Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiradi) “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldiriladi:

“Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ–694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta'minlangan harbiy xizmatchilardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji undirilmaydi”.
             
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: