Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tashkil etiladi

O‘zbekiston 16:00 / 21.08.2019 5018

Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlari hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in xavfsizligi mustahkamligini ta'minlash, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, avariya-qutqaruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan harbiy xizmatchi yoki qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar va ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda, shuningdek, aholisi 50 ming va undan ziyod bo‘lgan shaharlar hamda tumanlarning markazlarida tashkil etiladi.

Tashkil etilayotgan harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv qismlarining tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari, ularni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xizmatchilar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv qismlari va postlari aholi soni 50 mingdan kam bo‘lgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etiladi.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va ularning shtatlari soni muhofaza qilinayotgan hududning (obektning) xususiyatidan kelib chiqib, yong‘in-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning sonini va turini hisobga olgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi.

Qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xizmatchilar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv qismlari va postlari tashkil etilishi lozim bo‘lgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ro‘yxati va xodimlari (xizmatchilari) soni Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har yili bir marta 1 iyulgacha belgilanadi.

Yong‘in-qutqaruv qismlari va postlari tashkil etilishi lozim bo‘lgan tumanlar va shaharlar ro‘yxati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi yoki qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar va xizmatchilar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soni va ularning shtatdagi xodimlari soni amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aniqlanadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlariga muvofiq manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) vakillaridan iborat tarkibdagi idoralararo komissiyalarining dalolatnomalari, shuningdek, ushbu obektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: