YeChL saralashida pley-off. «Ayaks» safarda g‘alaba qozonolmadi va boshqa natijalar

Sport 10:00 / 21.08.2019 5503

Chempionlar ligasi saralashning pley-off bosqichida birinchi uchrashuvlar doirasida APOEL Amsterdamning «Ayaks» klubini qabul qildi. Nikosiyadagi «GSP» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 0:0. 

O‘yinning 80-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Mateu Laos amsterdamliklar jamoasi himoyachisi Nussayr Mazrauiga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatdi va u maydonni jamoadoshlaridan ertaroq tark etdi. 

Javob uchrashuvi 28 avgust kuni Amsterdamdagi «Yoxan Kruiff Arena» stadionida o‘tkaziladi. Turnir saralashining 3-raundi APOEL «Qorabog‘»dan ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra ustun kelgandi (1:2, 2:0), «Ayaks» esa PAOK to‘sig‘idan o‘tgandi (2:2, 3:2).

YeChL saralashi pley-offi doirasidagi boshqa o‘yinlarida Avstriyaning LASK klubi o‘z uyida Belgiyaning «Bryugge» klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, Ruminiyaning «ChFR Kluj» klubi Chexiyaning «Slaviya» klubiga xuddi shu hisobda yutqazdi.

Bugun oqshom pley-offning birinchi uchrashuvlari doirasida Zagrebning «Dinamo» klubi Norvegiyaning «Rusenborg» klubini qabul qiladi, «Yang Boyz» Shveytsariyada Serbiyaning «Tsrvena Zvezda» klubiga qarshi maydonga tushadi, Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi esa Rossiyaning «Krasnodar» klubi bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi
Pley-off bosqichi
Birinchi o‘yinlar

APOEL (Kipr) – «Ayaks» (Nidrlandiya) 0:0 (0:0, 0:0)
21 avgust, 00.00, «Neo GSP»
APOEL – Belets, Joauzinyu (Vidigal, 82), Ioannu, Merkis, Gensoglu, Matich, Lukas, Mixaylovich, Pavlovich (Xallenius, 68), Bezyak (Yakolish, 68), Al-Tamari.
Ayaks – Onana, Talyafiko, Martines, Veltman, Blind, Marin (Dest, 62), Ziyesh, Neres (Xuntelar, 72), van de Bek, Tadich, Mazraui.
Ogohlantirishlar: Mazraui (16), Marin (18), Veltman (22), Gensoglu (37), Bezyak (48), Martines (57), Talyafiko (75), Tadich (84).
Chetlatish: Mazraui (80). 

«ChFR Kluj» (Ruminiya) – «Slaviya» (Chexiya) 0:1 (0:1, 0:0)
21 avgust, 00.00, «Konstantin Redulesku»
Gol: 0:1 – 28 Masopust.
ChFR – Arlauskis, Burke, Sushich, Sestor, Luish Aureliu (Peun, 72), Kamora, Bordeyanu (Xoban, 87), Djokovich, Dyak, Omrani, Tsukudyan (Rondon, 46).
Slaviya – Kolarj, Govorka, Tsoufal, Kudela, Borjil, Masopust (Golesh, 84), Souchek, Stanchu, Traore (Kral, 64), van Byuren (Shkoda, 68), Olayinka.
Ogohlantirishlar: Jokovich (31), Tsoufal (43), Bordeyanu (45), Burke (70), Souchek (87), Shkoda (90). 

LASK (Avstriya) – «Bryugge» (Belgiya) 0:1 (0:1, 0:0)
21 avgusta, 00.00, «Linser-Shtadion»
Gol: 0:1 – 10, penalti Vanaken.
LASK – Shlager, Trauner, Vizinger, Pogatets, Mixorl, Ranftl, Renner (Raguj, 67), Xolland, Goyginger (Otubandjo, 83), Tette (Frizer, 53), Klauss.
Bryugge – Minole, Deli, Mitrovich, Sobol (Rikka, 66), Vormer, Mata, Vanaken, Rits, Bonaventure, Okereke (Diatta, 89), Openda (Rezayei, 74).
Ogohlantirishlar:
Renner (16), Trauner (51), Mata (53), Vizinger (73), Frizer (79). 

«Dinamo» Zagreb (Xorvatiya) – «Rusenborg» (Norvegiya)
22 avgust, 00.00, «Maksimir» stadioni.

«Yang Boyz» (Shveytsariya) – «Tsrvena Zvezda» (Serbiya)
22 avgust, 00.00, «Stad de Syuiss» stadioni.

«Olimpiakos» Pirey — «Krasnodar»
22 avgust. 00:00. «Georgios Karaiskakis» stadioni.

Ko‘proq yangiliklar: