Vazirlar Mahkamasining Xovos shaharchasi bo‘yicha qarori qabul qilinadi

O‘zbekiston 12:41 / 21.08.2019 6130

Vazirlar Mahkamasining “Xovos shaharchasining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Xovos shaharchasida 2030 yilgacha urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari tasdiqlanadi:
 
- Xovos shahrining ijtimoiy, demografik holati;
- Infratuzulma sohasi;
- Uy-joy qurilish sohasi;
- Ishlab chiqarish va ishchi kuchlarini joylashtirish;
- Xovos shaharchasini to‘g‘ri rejalashtirish;
- Shaharchaning ekologik samaradorligini ta'minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi urbanizatsiya agentligi:

Ushbu “Yo‘nalishlar”dagi mavjud muammolarni o‘rganib chiqib, 2020-2023 yillarda Yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga:

“Yo‘nalishlar”ni amalga oshirish yakunlarini chuqur tahlil qilgan holda “Yo‘l xaritalari”ni bosqichma-bosqich ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;

“Yo‘nalishlar”ni amalga oshirishda to‘liq va doimiy monitoring olib borish va Vazirlar Mahkamasiga har kvartal yakuni bo‘yicha axborot kiritib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Yo‘nalishlar”larni amalga oshirishda mas'ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta'minlash, monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida  bartaraf etadi.

Rivojlanish strategiyasi doirasida Xovos shaharchasi aholisining ijtimoiy va iqtisodiy xamda demografik rivojlanishi bilan bog‘liq rejaning bosqichlari:

Birinchi bosqich (2019-2021 yillar):

Urbanizatsiyani barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

xalqaro tavsiyalar va standartlar, shuningdek, aholini ro‘yxatga olish asosida shahardagi ichki migratsiyani hisobga olgan holda statistik hisob va hisobotni takomillashtirish;

turli manfaatdor tomonlar tomonidan shakllantiriladigan va ulardan foydalanish uchun taqdim etiladigan, shaharsozlik boshqaruvini osonlashtirish uchun yagona axborot tizimni shakllantirish;

Xovos shahri hududida aholini shaharsozlik talablaridan kelib chiqib to‘g‘ri joylashtirish sxemalari va yo‘ldosh shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturni tayyorlash;

shaharchaning obodligi va jozibadorligini oshirish uchun infratuzilmani, xizmatlari va jamoat joylarini rivojlantirishni hisobga olgan yangi uy-joy siyosatini ishlab chiqish;

kichik va o‘rta shaharlarning kompleks rivojlantirish rejalarini tayyorlash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish uchun xorijiy ekspertlar guruhini jalb etish;

Ikkinchi bosqich (2022-2025 yillar):

yo‘l-transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish;

uy-joy qurilishi va shaharsozlik siyosatini muvofiqlashtirish, shaharlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona taqsimlash uchun zarur shart sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

real yer bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiy mulkka o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib borish;

investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish;

shaharsozlik bo‘yicha kompleks dasturlarni, shu jumladan shahar boshqaruvida kompleks yondashuvlarni amalga oshirish.

Uchinchi bosqichda (2026-2030 yillar):

2030 yilgacha yuqori maqsadlarga erishish uchun Xovos shahrida maqsadli davlat rivojlanish dasturlarini amalga oshirish;

Iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda “Aqlli shahar” loyihasi doirasida innovatsion yutuqlarni faol amalga oshirishda shahar hissasini o‘stirish;

shahar boshqaruvidan shahar aglomeratsiyalarini boshqarish tizimiga o‘tish, shaharni ixtisoslashuvini kuchaytirish.

Xovos shaharchasini rivojlantirishning eng muhim manbai sifatida shaharcha aholisining erkin harakati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish, bunda:

mavjud infratuzilma obektlarini qayta ta'mirlash va yangilarini joriy qilish mexanizmini takomillashtirish;

mehnat unumdorligi iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish va aholi farovonligini yaxshilashda kichik biznes va yakka tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

mahalliy urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish va uni samarali boshqarish mexanizmini shakllantirish;

kelajakda Xovos shaharchasida tashqi va ichki migratsiya oqimlarini optimallashtirish va ishga muhtoj aholi qatlamini qisqartirish, samarador ish o‘rinlarini yaratish;

yangi uy-joy qurilishida shahar talablariga to‘liq rioya qilish, bunda aholi xavfsizligi va qulayligini birinchi o‘ringa qo‘yish, kishi boshiga o‘rtacha 19 m² uy-joy bilan ta'minlash;

shahar markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini joriy qilish, sayilgoh, oromgoh va o‘yingohlar sonini ko‘paytirish, velo va eko yo‘lakchalar tizimini keng joriy qilish;

aholi soni tobora o‘sib borayotgan shaharcha hududini qo‘shni aholi yashash punktlari (aglomeratsyalar) hisobiga kengaytirish va shaharcha infratuzulmasini optimallashtirish.

Xovos shaharchasida cheklangan yer resurslaridan unumli foydalanish yo‘lida, shaharchada quriladigan obektlarni mahalliy ehtiyojdan kelib chiqqan holda rejali shakllantirish.

Ko‘proq yangiliklar: