So‘m «qulash»dan to‘xtadi va iyul oyidan beri birinchi marta valuta birjasida ko‘tarildi

Iqtisodiyot 13:39 / 21.08.2019 111374

21 avgust kuni valuta birjasidagi savdolar davomida milliy valuta 1 AQSh dollari uchun 9379 so‘mgacha mustahkamlandi. Bu haqda Spot birja ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

So‘nggi marta so‘m iyul oyida mustahkamlangandi, o‘shanda 1 AQSh dollari uchun 8659 so‘mdan sotilgan, so‘ng eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi va 20 avgustda 1 AQSh dollari uchun 9384 so‘mdan savdo qilindi. Savdolar hajmi 154 million dollargacha keskin o‘sdi - bunday holat iyun oyidan beri sodir bo‘lmagan.

20 avgust kuni Markaziy bank valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanishi haqida ma'lum qildi.

«Markaziy bank tomonidan valuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilindi. Bu farq endi valuta sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan belgilanishiga qaror qilindi. 0,5 foizli chegirmaning borligi valuta bozori ishtirokchilari manfaati uchun zid, degan qarorga kelindi», - deya aytib o‘tdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.

Bundan oldin, 20 avgustdan tijorat banklari naqd valuta sotishni boshlagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: