Riberi «Fiorentina» a'zosiga aylandi

Sport 17:31 / 21.08.2019 5397

Fransiyalik yarimhimoyachisi Frank Riberi rasman «Fiorentina» klubi a'zosiga aylandi.

Florensiyaliklar klubi rasmiy saytida shu yil yozida «Bavariya»ni erkin agent sifatida tark etan 36 yoshli havbek bilan shartnoma imzolangani tasdiqlangan.

Bundan avvalroq, OAV Riberi «fialka» bilan ikki yillik shartnoma tuzishi haqida xabar bergandi. Futbolchi yangi klubida yiliga 4 million yevro miqdorida maosh oladi.

Yaqin vaqtlar ichida «Fiorentina» futbolchining tanishtiruv marosimini o‘tkazadi.

Riberining aytishicha, «Bavariya»ga u bilan bir vaqtda kelgan sobiq jamoadoshi Luka Toni uning ayni shu klubni tanlashiga turtki bergan. Italiyalik sobiq hujumchi 2005-2007 va 2012-2013 yillarda «Fiorentina»da o‘ynagan edi.

«Bu yerdaligimdan xursandman. Oilam bilan keldim. O‘tgan hafta davomida «Fiorentina» bilan muzokara o‘tkazib, Luka Toni bilan ham maslahatlashdim. U «Fiorentina»ni chiroyli shaharda joylashgan ajoyib jamoa deb ta'rifladi», – deya Riberining so‘zlari keltirilgan jurnalist Janluka di Marsioning saytida.

Fransiyalik yulduz ertaga oqshomda yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Ma'lumot uchun, florensiyaliklar jamoasi o‘tgan mavsum A Seriyada 16-o‘rinni olgan, Italiya Kubogida esa yarim finalgacha yetib borgandi.

2019 yil aprelida klubni ikki yil boshqargan murabbiy Stefano Pioli iste'foga chiqarilib, o‘rniga Vinchenso Montella tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: