O‘zbekistonda ayrim turdagi bog‘ va tokzorlar ekin yerlar toifasiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston 12:33 / 21.08.2019 19198

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda har yil yakuniga qadar:

fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining mavjud bog‘ va tokzorlarini yagona ro‘yxatini shakllantirilishi;

b) iqtisodiy samarasiz, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlarni ekin maydoniga o‘tkazish, ushbu maydonlarda kamida uch yil davomida har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarni ekish, belgilangan muddat o‘tgandan keyin intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilishini ta'minlaydi.

Samarasiz deb hisoblangan bog‘lar o‘rniga tokzorlar, samarasiz tokzorlar o‘rniga intensiv bog‘lar barpo etish bundan mustasno.

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fermer, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarida iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mavjud bog‘ va tokzorlar maydoni, so‘nggi uch yilda hosildorligi past bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarining manzilli ro‘yxatini aniqlash.

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish maqsadida puxta tahlillar o‘tkazish natijasida quyidagilar aniqlanadi:

a) bog‘ va tokzorlarning hosildorligi, hududda ekilgan mevali daraxtlar va tokning tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, turi, navi, yoshi va ekish sxemasi;

b) bog‘ va tokzorlar tashkil etilgan maydonlarda konturlarning yaxlitligi (bir konturda bir xildagi ekin turi va navi);

v) mevali daraxtlar va tokning biologik xususiyatidan kelib chiqib, lalmi, suvli va sizot suvi yaqin yerlarga joylashganligi;

g) mevali daraxt va tok ko‘chatlarini tavsiya etilgan ekish sxemasida ekilganligi, bog‘ va tokzorlarda tuplar soni, yaroqsiz tuplar soni, tuproq bonitirovkasi;

d) bog‘ va tokzorlarda kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish, daraxtlarga shakl berish, kesish, tokzorda– xomtok qilish, ko‘mish va boshqa muhim agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmaganligi oqibatida yaroqsiz holatga keltirilganligi;

ye) fermer, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalariga bog‘ va tokzorlar barpo etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi yoki muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olinganligi, hosildorlik, yalpi hosil, daromad, qilingan xarajatlar, sof foyda va rentabellik darajasi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi, unga yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari holatini tasdiqlovchi zarur hujjatlar va materiallar ilova qilinadi, dalolatnoma tashkil etilgan Komissiya vakillari va fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan imzolanadi.

Fermer, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomada bu to‘g‘rida yozuv qayd qilinadi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi hamda ikki nafar jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri fermer, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbariga topshiriladi.

Dalolatnoma asosida tuman Komissiyasi uch kun mobaynida tegishli taqdimnomani dalolatnoma, shuningdek zarur hujjatlar va materiallar bilan birga tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.

Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yuboradi.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi uch kun mobaynida hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.

Tuman komissiyasining xulosasiga asosan besh kun muddatda tuman hokimining qarorini chiqaradi.

Dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar tasdig‘ini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya taqdimnomasini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va ko‘rsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.

Dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar tasdig‘ini topgan taqdirda, Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida xulosa tayyorlaydi, ushbu xulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va fermer xo‘jaligi (qishloq xo‘jaligi korxonasi) rahbariga yuboriladi.

Fermer xo‘jaligi rahbari bir oy muddatda, iqtisodiy samarasiz, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlarni buzish va ekin maydoniga o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Ushbu talabni o‘z muddatida ta'minlamagan xo‘jalik egaligidagi yer maydonlari o‘rnatilgan tartibda tuman yer zaxirasiga qaytariladi.

Ko‘proq yangiliklar: