O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 08:12 / 21.08.2019 34855

2019 yil 21 avgust kuni soat 01:54da, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hududida joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv.m. maydonida yongan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45da qurshab olinib, soat 03:36da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

“Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: