O‘zbekiston 3,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Iqtisodiyot 09:02 / 21.08.2019 19551

O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-iyul oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,2 baravarga oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

2019 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 3,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.

Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 31,8 foizni tashkil etdi.

Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini ko‘paytirdi. Oltin eksporti hajmi 2015 yilda 823,9 million dollardan oshgan bo‘lsa, 2016 yilda - 738,2 million dollar, 2017 yilda - 1,6 milliard dollar va 2018 yilda - 2,91 milliard dollar.

Bundan oldin, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilingani, import yana eksportdan ko‘p ekani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: