Nega mendan hamma qochishga urinadi?

Light 11:24 / 21.08.2019 41685

Bu savolni ko‘pchilik o‘ziga berishi mumkin. Lekin aniq javobni topish biroz mushkul. Sababi, biron bir kishining sizdan o‘zini olib qochishiga ko‘plab omillar ta'sir etadi. Bir tasavvur qiling, qandaydir muhim uchrashuvga yo‘l oldingiz. So‘nggi urfdagi libosdasiz, ko‘rinishingiz ham a'lo darajada. Lekin negadir siz bilan suhbatlashayotgan inson o‘zini noqulay his eta boshladi.

Foto: ECO DRY

Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz? Yoqimsiz hid! Ha, aynan sizga g‘ayrioddiy bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan holat atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlari o‘zgarishiga olib keladi.

 

Badbo‘y hid juda ko‘p hollarda insonga pand beradi: ishda hamkasblar bilan muloqotda, do‘stlar bilan suhbat chog‘ida, ko‘chada jamoat transportlarida harakatlanganda va hattoki, uyda yaqinlaringiz orasida ham.

Tabiiydek ko‘ringani bilan kuchli terlash insonga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z vaqtida badbo‘y hid bartaraf etilmasa, undan xalos bo‘lish qiyinlashib boraveradi.

Terlashdan himoyalanishning biz bilgan juda ham oson usullari mavjud: o‘z vaqtida yuvinib turish, toza kiyimlar kiyish, kundalik kiyimlarni tez-tez almashtirish va albatta, yaxshi, sifatli dezodorant vositalaridan foydalanish.

Foto: ECO DRY

Siz terlashga qarshi antiperspirant olayotganda uning sifati va ta'siriga e'tibor berasizmi? Aksariyat hollarda, xaridorlar ularning tarkibi va xususiyatlarini inobatga olmay sotib olishadi.

Odatiy dezodorantlardan antiperspirantlarning farqi shundaki, ular ter ajralishini sezilarli darajada kamaytiradi (dezodorant esa shunchaki hidni boshqacha taralishiga xizmat qiladi).

Joriy yilda bozorlarimizga kirib kelgan ECO DRY antiperspiranti ayniqsa jazirama yoz oyida ko‘plab insonlarning xaloskoriga aylandi. U hech qanday xavfli kasallik qo‘zg‘atmaydi va insonni badbo‘y hiddan hamda haddan ziyod terlashdan yaxshi himoya qiladi.

Shuningdek, ECO DRY universal vosita bo‘lib, tananing barcha terlaydigan qismi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga mos keladi. Shuningdek, siz uni sepgach, har qanday kiyimlarni bemalol kiyishingiz mumkin. Dush qabul qilganda ham qayta qo‘llashga ehtiyoj sezilmaydi, sababi u o‘z ta'sirini uzoq vaqtgacha yo‘qotmaydi.

Foto: ECO DRY

Yana bir jihat: mahsulotning tarkibida inson terisiga ziyon keltiruvchi vositalar yo‘q. Shu sababli siz undan bemalol istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Biz sizlarga ko‘plab iste'molchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan antiperspirantni tavsiya berdik. Badbo‘y hiddan qutulish uchun qanday vositadan foydalanasiz? Tanlov o‘zingizda!

Muhimi, hamisha sizdan yoqimli ifor taralib tursin.

Murojaat uchun telefon: +998 99 400 42 44 | +998 93 567 14 14 | +998 97 742 14 44

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: