«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruvi tomonidan joylarda bank mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Jamiyat 11:25 / 21.08.2019 2832

«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruvi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida “Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida” bank mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Ipoteka-bank» ATIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan kichik biznes sub'yektlariga, shuningdek eksportyor va eksport potensialiga ega bo‘lgan tashkilotlarga sohada yaratilayotgan qulayliklar, joriy etilgan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Hozirgi kunda hukumatimiz hamda bank tomonidan eksport bilan bog‘liq amaliyotlarni tartibga solish va ushbu yo‘nalishda imtiyozlar berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda bank tomonidan tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan ishlarga to‘xtalib o‘tilib, bir necha turdagi xizmat bilan bir qatorda internet banking va mobil banking bepul xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgani ta'kidlandi.

Bank tomonidan kelgusida moliyaviy ommaboplikni kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida quyidagi ishlar rejalashtirilganligi ma'lum qilindi:

  • Tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga qulay bo‘lgan joylarda ixcham bank xizmatlari markazlarini tashkil etish.
  • Bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va jarayonlarni yanada soddalashtirish;
  • Mini banklar hamda jamg‘arma kassalar faoliyatini, operatsion jarayonlarini qayta ko‘rib chiqib mijozlarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishini tashkil etish;
  • Distansion bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va rivojlantirish;
  • Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish.

Ipoteka-bank tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanchi bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini doimiy ravishda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar asosida har tomonlama qo‘llab quvvatlab borilishi yuzasidan barcha zaruriy choralar amalga oshiriladi.

«Ipoteka-bank» ATIB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: