Imtihondan o‘ta olmadingizmi? Universitet, oliy ma'lumot? Sizda bundan ham zo‘r tanlov bor!

O‘zbekiston 17:00 / 21.08.2019 30337

Bu yil ham O‘zbekistonning Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 900 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirdi (Davlat test markazi ma'lumotiga ko‘ra). Bulardan faqat bir qismigagina omad kulib boqdi. Xo‘sh, imtihondan o‘ta olmagan yoshlar taqdiri va kelajagi nima bo‘ladi? Sababi, ular orasida hatto bir necha yildan buyon tayyorlanib, o‘qishga kira olmay yurgan minglab yoshlar bor. Yil sayin ulardagi umid so‘nib bormoqda va yoshlarning ilm olishi, jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rnini topishlari borasida beqarorlik vujudga kelayotganligi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Hayotda muvaffaqiyat qozonishga faqat oliy ma'lumot orqali erishiladimi?

Siz bakalavr bosqichiga 4 yil vaqt sarflab, kontrakt (yiliga o‘rtacha 10 mln so‘m) to‘lashga tayyor bo‘lib OTMga hujjat topshirgansiz. Omadingiz kelib imtihondan o‘tgan taqdirda ham 4 yil vaqt hamda 40 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflaysiz. Lekin diplom olingach, yosh va tajribasiz mutaxassis uchun ish topish masalasi navbatdagi «syurpriz» va bu bosqichda ham omadsiz abituriyentlik holati takrorlanadi. Xo‘sh, oliy ma'lumot darajasiga erishildi, ammo munosib maosh to‘lanadigan ish topilmagach, aksariyat yoshlar diplomni javonga joylab, 4 yil ortga qaytib, noiloj omadni tijoratdan qidiradi va o‘zlarini savdo-sotiqqa uradi. Bu holat ham bugun hech kimga sir emas.

Texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan 21 asrda barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistoda ham axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar, xususan, dasturchilarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Dunyo tajribasiga tayanib aytadigan bo‘lsak, dasturchilik sohasida ishlash va yuqori darajaga erishish uchun oliy ma'lumot va diplom talab qilinmaydi. Ish beruvchi ham dasturchidan o‘z sohasi bo‘yicha kuchli bilim, tajriba hamda ko‘nikmalar talab qiladi xolos. Bunday imkoniyatdan foydalanib, dasturchilik orqali nafaqat o‘z turmush darajasini ko‘tarib olayotgan, hatto davlat iqtisodiyotiga sezilarli foyda olib kelayotgan Osiyo mintaqasidan Hindiston, Fillipin, Xitoy, Bangladesh, Yevropa mintaqasidan esa Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Ukraina, Polsha, Belarussiya dasturchilarini misol qilib keltirish mumkin.

Demak, o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz umidsizlikka tushish, ortga chekinish va taslim bo‘lishga shoshilmang. Agar siz haqiqatan ilm o‘rganish, hayotda muvaffaqiyat qozonib, jamiyatda munosib o‘rin hamda mavqega erishmoqchi bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib imkoniyatlar bor. Siz 4 yil emas balki 10 oy muddatda, 40 million emas, balki undan ancha kam mablag‘ evaziga malakali, eng asosiysi, jamiyat uchun kelajagi bor zarur mutaxassisga aylanasiz. Bunday imkoniyat davlat manfaatlari va yoshlarimiz kelajagini ko‘zlab O‘zbekistonda ilk marotaba «Personal Development Process» Axborot texnologiyalari akademiyasida yaratildi.

Dasturlashni PDP CODING BOOTCAMP da o‘rganing

Personal Development Process Axborot texnologiyalari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan Cooding BootCamp loyihasi dasturlash bo‘yicha eng asosiy bilimlarni chuqur o‘rgatishga qaratilgan, O‘zbekistonda ilk marotaba yo‘lga qo‘yilgan maxsus ta'lim dasturidir. BootCamp bitiruvchisi malakali hamda yuqori haq to‘lanuvchi dasturchi darajasiga erishib, mahalliy hamda xalqaro loyihalarda bemalol ishlay oladi. Bunday fikrlarni ishonch bilan bayon qilayotganligimiz sababini quyidagi ma'lumotni o‘qigach, bilib olasiz.

BootCamp nima?

Dasturlash asoslarini va shu sohaga oid eng asosiy bilimlarni chuqur o‘rgatuvchi maxsus kurs. BootCamp zamonaviy dasturlash texnologiyalarni batafsil o‘rgatadi va kuchli mutaxassislar tayyorlaydi. BootCamp talaba dasturchilik kasbini egallashga va shu sohada ish boshlashga ancha qisqa muddatda erishadi.

Universitetlardagi an'anaviy ta'lim bilan taqqoslanganda, BootCampda o‘qish muddati 10 oy davom etadi va veb dasturlash, dizayn hamda android yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim beriladi. E'tiborli tomoni, maxsus texnik dastur ahamiyatsiz barcha narsalarni chetga surib, ta'lim rejasini aniq maqsadga yo‘naltirilgan eng muhim bilimlarni o‘rgatishga qaratadi. Natijada, BootCampda dasturchi mutaxassisligini egallash va shu sohada ish boshlashga ancha qisqa vaqt ichida erishiladi. Bu esa talabalarga vaqtdan yutish hamda yuqori maoshli ish topishlari uchun ajoyib imkoniyat demakdir. BootCamp kurslari 10 oy davom etadi va haftada 5 kun 5 soatdan olib boriladi. Shu o‘rinda mamlakatimizda dasturchilik sohasining bugungi holatiga izoh berib ketsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zbekiston misolida aytadigan bo‘lsak, axborot texnologiyalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilishi va respublika imkoniyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqib qilingan tahlillarga ko‘ra yaqin yillarda yuz minglab dasturchilarga ehtiyoj seziladi. Hozirning o‘zida yurtimizda dasturchilar talab yuqori bo‘lgan, katta maosh taklif qilinayotgan kadrlar hisoblanadi. Dasturchining mehnat bozorida boshqa mutaxassislardan eng katta yutuqli tomoni shuki, ishga qabul qilishda oliy ma'lumot diplomi qat'iy talab qilinmaydi, balki bilim va tajribasiga qaraladi. Bilim va tajribani qisqa vaqtda shakllantirishning eng qulay yo‘li esa, albatta, BootCampda o‘qish.

BootCamp da o‘qish talablari qanday?

BootCamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori, kompyuterdan foydalana oladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi. Biz sizga taklif qilayotgan ta'limda veb dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi (Full stack developer) bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir haftalik sinov darslarida sizda ushbu sohaga layoqat va qiziqish darajasi tekshiriladi.

BootCamp yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, mamlakat aholisini ish bilan ta'minlash, yoshlarni qisqa muddatda zamonaviy mutaxassis etib tayyorlash va bu kadrlar orqali davlatning dasturiy ta'minot ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy rivojlanishiga katta yordam beradi. Muhimi, talabalarda dasturchidek fikrlash, ishlash va tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Bu esa juda muhim jihat. Chunki dasturlash sohasida ijodkorlik, kreativ yondoshuv, mantiqiy tahlil qila olish zarur fazilatlar bo‘lib, bu dasturchida fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi.

Personal Development Process Axborot texnologiyalari akademiyasida veb dasturlashdan tashqari, android va dizayn yo‘nalishlarida ham BootCamp kurslari tashkil etildi. Bu esa dasturlashning yangi sohalarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun yanada keng imkoniyat demakdir.

Natija

BootCamp bitiruvchisi Full-stack web developer, web designer yoki android developer yo‘nalishlari uchun zarur barcha bilimlarni o‘rganadi. Mehnat bozorida Full-stack developer o‘rniga da'vo qilishi mumkin. Bundan tashqari, Front-end developer, Back-end developer, Software developer, Java developer va Software engineer kabi mutaxassisliklar bo‘yicha ishlashi mumkin bo‘ladi. BootCampdagi ta'lim muvaffaqiyatli yakunlangach, bitiruvchilarga sertifikat beriladi. Yaxshi o‘zlashtirgan talabalar PDP markazi dasturchilari jamoasiga taklif etiladi yoki xususiy sektor va davlat ishxonalariga tavsiya qilinadi. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz va BootCampda dasturlashni o‘rgansangiz, siz uchun xorijda o‘qish va ishlash imkoniyati ortadi. Chunki dasturlash tili butun dunyoda bir xil va ushbu soha mutaxassislariga talab barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda birdek yuqori.

2019 yilda ham jahon miqyosida dasturchilik kasbini yuqori uchtalikning birinchi o‘rniga chiqib oldi. Ushbu mutaxassisliklar - dasturchilik (61%), biznes (56%) va muhandislik (54%). Masalan, dunyodagi nufuzli telekanallardan biri sanalgan CNBC rasmiy vebsaytida 2019 yil 24 yanvarda chop etilgan «2019 yilning talab eng yuqori kasblari» ro‘yxatida dasturchilik kasbi yiliga $101,000 maosh bilan birinchi o‘rinda qayd etilgan. Bunday ko‘rsatkichni ko‘plab misollar bilan tasdiqlash mumkin.

Xulosa va qaror qilish sizdan

Barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar kechayotgan ayni davrda, O‘zbekiston kelajakda jahon sahnasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi mamlakatda ulkan innovatsion loyihalar amalga oshirilishini taqozo qiladi. Bunga esa hozirda Toshkent hamda viloyatlarda chet ellik sarmoyadorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan katta loyihalar misolida amin bo‘lish mumkin. Bunday muhim loyihalarning barchasida esa dasturlash va dasturchilarning inkor etib bo‘lmas darajada muhim o‘rni bor. O‘zbekistonda dasturchilik hali rivojlanish ostonasida turganligi hisobga olinsa, ushbu maqolani o‘qigach, o‘zlari uchun to‘g‘ri xulosa chiqarib, BoonCampda tahsil olish hamda ushbu sohaning malakali mutaxassisi bo‘lishga qaror qilgan insonlar albatta kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishiga bugungi vaziyatning o‘zi kafolat berib turibdi. Siz qanday fikrdasiz? Yana bir yil ancha mablag‘ sarflab universitetning kirish imtihonlariga tayyorlanish va undan keyingi mavhumlik sari tavakkal qadam tashlashmi? Yoki 10 oy muddatda ancha kam mablag‘ evaziga kelajak kasbi dasturchilikni egallab, hayotingizda barqarorlik yaratishmi? Biz bugun jamiyatimizda mavjud shart-sharoit va holatlarni tahlil qilib, sizga aniq taklif berdik. Xulosa va to‘g‘ri qaror qabul qilish esa sizdan.

Biz 2019 yildagi yangi guruhlarimizda ham shijoatli, o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘ygan, hayotini qisqa vaqtda yangi sohani o‘rganish orqali o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yoki «Kim bo‘lsam ekan?», «Nima ish qilsam ekan?» - deb ikkilanib yurgan ilmga chanqoq insonlarni ko‘rishni xohlaymiz. Unutmang, vaqt - eng qimmatli mulkdir. Uni qanday sarflash kelajagingizni belgilaydi.

PDP Coding BootCamp bilan dasturlashni o‘rganing. Insoniyatni kelajak taraqqiyotida kutib turgan sun'iy ong (Artificial Intellect), axborot va ulkan ma'lumotlar bazasi boshqaruviga tayyorlaning. Fursat yaqin, sababi, axborot va dasturlash allaqachon hayotimizning asosiy vositasiga aylanib bo‘ldi.

Personal Development Process Axborot Texnologiyalari akademiyasi 
📞 Tel: (+99897) 447-47-41, (+99895) 177-47-41
Manzil: Toshkent shahri Shayxantohur tumani Zarqaynar ko‘chasi 3b uy 
www.pdp.uz 
Telegram: PdpUzOfficial
Kanalga ulanish: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ

Ko‘proq yangiliklar: