Davlat asillik darajasini belgilash palatasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

O‘zbekiston 11:34 / 21.08.2019 3543

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshqaruv xodimlarining umumiy soni 24 kishidan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari namunaviy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni tugallaydi.

Belgilanishicha:

Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining tasdiqnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi;

boshliq maqomiga, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat asillik darajasini belgilash palatasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilandi:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud bo‘lgan buyumlar muomalasi qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar;

asillik darajasi to‘lovlaridan tushadigan pul mablag‘lari;

arizalar ko‘rib chiqilganligi va guvohnomalar berilganligi, yig‘imlar;

litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini  tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Belgilanishicha, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilarda foydalaniladi:

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallarini saqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy to‘lovlar to‘lash;

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, uning xodimlarining malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;

ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, broshyuralar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma'rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati sohasida videoroliklar va taqdimot materiallari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga doir ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2019 yilda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun budjetdan zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishini ta'minlaydi, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘lar nazarda tutilishini ta'minlaydi;

Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga ikkita yengil, shu jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratadi;

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi filiallari hududiy moliya organlarining tegishli binolarida joylashtirilishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: