AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeyl O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 08:01 / 21.08.2019 4903

AQSh davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabarida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 22 avgust kuni AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeyl boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkent shahriga keladi.

AQSh delegatsiyasining tashrifi dasturidan Samarqand shahrida bo‘lish ham o‘rin olgan.

Ma'lumot o‘rnida: Devid Xeyl ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Nur-Sultonda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Qozog‘iston rahbariyati vakillari bilan uchrashadi, ikki tomonlama va global mavzular bo‘yicha strategik sheriklik hamda hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: