Yana bir Xalqaro oliygoh O‘zbekistonda o‘quv markazi ochish niyatida

Jamiyat 16:15 / 20.08.2019 6655

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ vakillari Buyuk Britaniyaning London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan PQ 4412-sonli Qarorida belgilangan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan, sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‘urta sohasida ta'lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish yo‘nalishi bo‘yicha Chartered Insurance Institute (CII) vakillari bilan uchrashishdi.

Ushbu oliygoh g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida nufuzli oliygoh va asosiysi, Buyuk Britaniyaning nufuzli sertifikatlash tashkiloti sifatida ham yuritilishi va ayni O‘zbekiston Respublikasi hududida bunday Oliygohning ochilishi, O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan xodimlar professional malakasini yanada oshirishda yaxshi imkoniyat yaratishi bilan birga, Halqaro standartlarga javob beradigan sug‘urta qoidalari va shartlari asosida ta'lim olish imkoniyatini beradi.

Chartered Insurance Institute (CII) ning filialini mamlakatimizda ochishning yana bir afzalligi shuki, hozirda Oliygohning O‘zbekistondagi a'zolari imtihon topshirish uchun eng yaqin imtihon topshirish markaziga, qo‘shni davlat – Qozog‘iston Respublikasiga borayotgan bo‘lishsa, keyinchalik esa ular va boshqa qo‘shni bo‘lgan davlatlarda joylashgan Chartered Insurance Institute (CII) a'zolari uchun ham ayni Toshkentda imtihon topshirishlariga imkon yaratiladi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, institut 1873 yil 14 mart kuni Manchesterda tashkil etilgan, “Qirollik” maqomini olgan va 1912 yilda hozirgi Chartered Insurance Institute nomini olgan va Chartered Insurance Institute (CII nomi bilan ham tanilgan) sug‘urta sohasida professional tashkilot bo‘lib, u:

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari insituti hisoblanadi;
  • kasbiy o‘quv dasturlari tashkillashtiradi, malaka imtihonlari o‘tkazadi va maxsus diplomlar beradi;
  • professional etika standartlarini ishlab chiqadi.

Chartered Insurance Institute (CII) ning 1912 yildagi qirollik nizomida belgilangan maqsadi, o‘z a'zolariga va umuman sug‘urta sohasiga “Jamoatchilik ishonchini ta'minlash va oqlash”dir. Bu esa o‘z navbatida, halollik, texnik vakolat va biznes imkoniyatlar uchun standart o‘rnatish borasida muhim ahamiyat kasb etishi aniq.

Uchrashuv chog‘ida, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda Chartered Insurance Institute (CII) ning filialini ochish taklifi berildi. Chartered Insurance Institute (CII) vakillari bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdi va dastlab Chartered Insurance Institute imtihon topshirish markazini tashkil etish ayni muddao bo‘lishi haqida gapirib o‘tib, tomonlar ushbu yo‘nalishda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishdi.

Shu bilan birga, ular Toshkentda joylashgan Halqaro va mahalliy institutlar yoki Britaniya konsulligi bilan hamkorlikda ushbu Oliygoh filialini tashkillashtirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi haqida uchrashuv chog‘ida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, institut vakillari O‘zbekistondagi sug‘urta kompaniya rahbarlari va hodimlari malakasini oshirish bo‘yicha Londonga tashrif buyurishlarini inobatga olgan holda ham maxsus dastur ishlab chiqishligini va «KAFOLAT sug’urta kompaniyasi» AJ tomonidan ushbu loyihani amalga oshirishda amaliy va tashkiliy ishlarda ko‘maklashishiga umid bildirishdi.

Uchrashuv so‘ngida, «KAFOLAT sug’urta kompaniyasi» AJ raxbarining taklifiga ijobiy javob tasdig‘i sifatida Chartered Insurance Institute rahbari bilan Institutning Toshkentda ochiladigan imtihon topshirish markazi va keyingi bosqichda filialning ochilishi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ma'lumot uchun: 2019 yil holatiga SIIning 150 ta davlatda 125 000 ga ya'qin a'zosi bor. A'zolarning 10 foizi Buyuk Britaniyaning tashqarisida joylashgan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: