Umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston 07:29 / 20.08.2019 43421

O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili 2019 yilning 4 sentyabridan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, umumta'lim maktablarida yangi 2019-2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: