Toshkent viloyatiga 2019 yilda jami 37ta yangi avtobus xarid qilinadi

O‘zbekiston 16:18 / 20.08.2019 4691

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-sonli qaroriga ko‘ra Toshkent viloyatiga 2019 yilda jami 37 ta yangi avtobuslar xarid qilinishi belgilangan.

Transport vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 20 iyul kuniga qadar jami 14 dona yangi avtobuslar xarid qilindi. Shu jumladan, Zangiota tumanidagi “XAYDARXON-MUXTORXON” MChJ tomonidan I chorakda 3 dona va III chorakda 1 dona, jami 4 dona “ISUZU” rusumli avtobuslarni mavjud shahar atrofi VX-235-sonli “Temir yo‘l sanatoriyasi –Eshonguzar qo‘rg‘oni” avtobus yo‘nalishiga harakat jadvalini 4taga oshirgan holda biriktirildi (1016 mln. so‘mga). “YULDUZ-SX” XK tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan “Zhengzhou Yutong Bus Co.Ltd”  zavodida ishlab chiqarilgan 10 dona “YUTONG” rusumli avtobuslar II chorakda 7884 mln. so‘mga sotib olindi. Mazkur yangi 10 dona zamonaviy “YUTONG” rusumli avtobuslar “Toshkent-Xiva” shaharlararo avtobus yo‘nalishiga biriktirilib, hozir kunda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirda yana Olmaliq shahridan “DAMAS TRANS” MChJ 2 dona, “OLMALIQ ISUZU TRANS” MChJ 4 dona, Quyi Chirchiq tumanidan “81-son DO`STOBOD ATK” MChJ tomonidan 7 dona, Qibray tumanidan “QIBRAY TRANSPORT SERVIS” MChJ 10 dona avtobus sotib olish bo‘yicha taklif bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: