Tojikiston fuqarolari Buxoroda YTHga uchradi, 8 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston 14:00 / 20.08.2019 12706

2019 yil 19 avgust kuni soat 15:37larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan B.X. “Mersedes-Spirinter” rusumli mikroavtobusni Buxoro viloyatining Jondor tumani cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Nukus” A-380 yo‘lining 368-km.da haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yo‘lovchiga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi tashkil qilingan. 

Qolgan 8 nafar yo‘lovchi hech qanday jarohat olmaganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: