Suriya armiyasi Xan-Sheyxundagi jangarilar Turkiyaga qochganini ma'lum qildi

Jahon 16:09 / 20.08.2019 9938

Suriya prezidenti Bashar Asadning so‘zlariga ko‘ra, Suriya armiyasi Idlib viloyatidagi Xan-Sheyxun shahriga yaqinlashdi, deb xabar berdi Rossiya davlat dumasi Dmitriy Sablin Suriya prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng.

"Asad Suriya armiyasi Xan-Sheyxun strategik shahriga yaqinlashgani, jangarilar Turkiyaga qochayotganini ma'lum qildi", - dedi Sablin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad harbiy-siyosiy vaziyatda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini aytgan.

Suriya hukumat qo‘shinlari Xan-Sheyxun shahrining 60 foizga yaqin hududini jangarilardan tortib olgani haqida EFE agentligi ham xabar berdi.

Dushanba kuni Xan-Sheyxunda jangarilar va hukumat kuchlari o‘rtasida janglar boshlangani xabar qilingandi. Bu shahar jangarilarning Idlibdagi mustahkam tayanchi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: