Rio-de-Janeyroda qurollangan erkak yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi

Jahon 17:23 / 20.08.2019 5474

Rio-de-Janeyroda qurollangan erkak yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi, avtobus ichida necha kishi borligi hozircha aniq emas, deb xabar berdi Correio Braziliense gazetasi.

Voqea Rio-Niteroy avtoko‘prigida sodir bo‘lgan. Xabar qilinishicha, Rio-de-Janeyro munitsipalitetiga ko‘prik orqali harakatlanish butunlay yopilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘zini harbiy politsiya ofitseri deb tanishtirgan. U haydovchidan transport vositasini to‘xtatishni talab qilgan va avtobus ichiga benzin sepib yuborish bilan tahdid qilmoqda.

Nashrning xabar berishicha, u uch ayol va bir erkakni qo‘yib yuborgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari u bilan muzokara olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: