O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston 16:25 / 20.08.2019 14081

2019 yil 20 avgustdan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Ushbu hujjat 2018 yil 30 aprelda imzolangan.

TIV xabariga ko‘ra, Bitim jinoiy-huquqiy sohada hamkorlikni kengaytirishga hamda ikki mamlakatning jinoyatchilikka qarshi kurashda yanada samarali hamkorligini ta'minlashga qaratilgan.

Hujjatda shaxslarni ushlab berish shartlari, ushlab berishni rad qilish uchun asoslar, so‘rovning shakli va mazmuni, shuningdek, so‘ralayotgan tomonga beriladigan zaruriy tasdiqlovchi hujjatlar nazarda tutilgan.

Bitimga muvofiq har bir tomon so‘rayotgan tomonga jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlik uchun hukmni bajarish maqsadida qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladi.

Ko‘proq yangiliklar: