«O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligi savdo bo‘yicha hamkor davlatlarnikiga qaraganda past» - MB raisi

Iqtisodiyot 18:27 / 20.08.2019 5764

20 avgust kuni Markaziy bankda valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov milliy valuta devalvatsiyasi va inflatsiya darajasi, uning ishlab chiqarishga ta'siri xususida ma'lumot berdi.

“Valutaning almashinuv kursi devalvatsiyasi rublda 15,1 foiz, qozoq tengesida 14,5 foiz, so‘mda 11,9 foizga o‘zgargan. So‘nggi ikki yilda yig‘ilgan inflatsiya darajasi esa Rossiyada 8 foizni, Qozog‘istonda 12 foizni, O‘zbekistonda 30 foizdan yuqorini tashkil etadi. Bu o‘z-o‘zidan valutamizning almashinuv kursiga ta'sir ko‘rsatadi. Chunki so‘mning qadrsizlanish sur'atining yuqori bo‘lishi ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshlikni pasaytiradi. 

Milliy valuta devalvatsiya darajasiga nisbatan past inflatsiyaga ega bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy raqobatbardoshlik saqlab qolinadi. Shu ikki omilni O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘radigan bo‘lsak, oxirgi ikki yildagi inflatsiya darajasi va milliy valutaning almashinuv kursi devalvatsiya darajasi bilan bog‘liqligi bizda asosiy savdo hamkorlarimizdagiga qaraganda 24 foizga yuqori. Bizning almashinuv kursimiz ularga qaraganda samarali ishlayapti, qadri yuqoriroq. Lekin bu bizning eksportchilarimiz raqobatbardoshligini pasaytiradi”, ─ deydi Nurmurotov.

Raisning qayd etishicha, so‘mning 24 foizgacha o‘sishi, natijada ishlab chiqarish raqobatbardoshligining pasayishi 2017 yilda valuta bozori erkinlashtirilgandan keyin ishlatilmay turgan valutaning katta miqdorda kirib kelishi bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: