Mamarizo Nurmuratov valuta kursining oshishiga nima ta'sir ko‘rsatayotganini ochiqladi

Iqtisodiyot 12:17 / 20.08.2019 87663

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. 

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tadbirda valuta kursining oshishiga nima ta'sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

“Valuta kursi qiymatining oshib borishiga valutaga bo‘lgan talabning ortib borishi ta'sir ko‘rsatmoqda. Lekin, o‘z navbatida bironta talab qondirilmay qolmayapti ham. 2018 yilda aholidan 3,5 mlrd dollar valuta sotib olingan.
 
Joriy yil 1 oktyabrdan biznes, tadbirkorlik sohasidagi bir qator imtiyozlarning bekor bo‘lishi ham bunga ta'sir qilmoqda. Sababi, so‘nggi vaqtlarda mavjud imtiyozlar bekor bo‘lgunga qadar maksimal foydalanib qolishga faol harakatlar bo‘lyapti”, - dedi Markaziy bank raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inflatsiyani to‘xtatish, narxlarni pasaytirishning yagona yo‘li - raqobat va investitsion erkinlikni kuchaytirish.

Ko‘proq yangiliklar: