Janubiy Koreya Audi, Volkswagen va Porsche kompaniyalarining qator avtomobillari sotuvini taqiqlamoqda

Jahon 18:54 / 20.08.2019 8905

Janubiy Koreya hukumati atmosferaga chiqindi chiqarish me'yori buzilishi sababli ichki bozorda Audi, Volkswagen va Porsche kompaniyalarining qator avtomobillari sotuvini taqiqlash niyatida ekanligini bildirdi. Bu haqda atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma'lum qildi.

Taqiq dizel dvigatellari bilan jihozlangan, xususan 2014-2018 yillarda ishlab chiqarilgan Audi A6 40 TDI Quattro, Audi A6 50 TDI Quattro, Audi A7 50 TDI Quattro, Volkswagen Touareg V6 3.0 TDI BMT, Volkswagen Touareg 3.0 TDI 4 Motion va Porsche Cayenne avtomobillariga tegishli.

Mazkur chora mutaxassislar ushbu kompaniyalar chiqindilarni o‘lchash uskunalariga o‘zgartirish kiritishi natijasida ko‘rsatkichlar pasaytirib ko‘rsatilgani, avtomobillar sotilishi uchun litsenziyani qo‘lga kiritganini aniqlashganidan so‘ng qabul qilindi.  

Bu modeldagi avtomobillarni sotishni taqiqlashdan tashqari, vazirlik ushbu kompaniyalarga 6,5 million dollargacha jarima solishni va kompaniyalarning Janubiy Koreyadagi faoliyatini tekshirish yuzasidan prokuraturaga so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: