G7 sammitida xavfsizlikni 13 mingdan ko‘proq kishi ta'minlaydi 

Jahon 22:08 / 20.08.2019 8626

Fransiya Biarritsda (Fransiya janubi) o‘tadigan “Katta yettilik” guruhi sammitida xavfsizlikni ta'minlashga 13,2 ming nafar politsiyachi va jandarmni jalb etadi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner Biarritsdagi anjumanda ma'lum qildi.  

“Biz sammitning normal o‘tishini ta'minlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz. Biarritsdagi va yaqin atrofdagi xavfsizlikni 13,2 ming kishi ta'minlaydi”, deb aytgan Kastaner. Politsiya va jandarmeriyaga harbiylar ko‘mak ko‘rsatadi.

Kastanerning ta'kidlashicha, “ayni vaqtda sammit uchun terrorchilik tahdidi mavjudligi bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar yo‘q”. “Biroq shuni ta'kidlash joizki, Fransiya uchun terrorchilik tahdidi doimiy hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Fransiya ichki ishlar vaziri.  

Kastaner, shuningdek, “fransuz rasmiylari jamoat tartibining birorta buzilishiga chidab turmasligini” aytgan. “Agar bunday holatlar yuz bersa, javob zudlik bilan beriladi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir. Uning ta'kidlashicha, sammitga kuch tuzilmalari tayyorgarligi bir necha oy davomida olib borilgan. 

G7 sammiti 24-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: