Atamboyev 26 oktyabrgacha hibsda qoldiriladi

Jahon 12:48 / 20.08.2019 23109

Bishkekning Pervomaysk tuman sudi 20 avgustda sobiq prezident Almazbek Atamboyevni 26 oktyabrgacha hibsda qoldirish qarorini qabul qildi.  

Bu haqda yopiq sud majlisi yakunlariga ko‘ra jurnalistlarga Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi

Sayyor sud majlisi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Atamboyev 8 avgustdan beri ushlab turilgan tergov izolyatorida bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Bishkek shahar sudi Atamboyevni 26 avgustgacha hibsda ushlab turishga qaror qilgandi. Shu tariqa sobiq prezident yana 2 oy panjara ortida o‘tkazadi.

Atamboyev 14 ta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Uning advokatining ta'kidlashicha, sobiq prezident tergov boshlangandan beri hali birorta savolga javob bermagan, chunki o‘ziga qarshi harakatlarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: