2019 yil 12-16 avgust kunlari «Asaka» ATB vakillari tomonidan xalqaro ekspert ishtirokida Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif tashkil etildi.
Delegatsiya o‘z ishini «Sberbank» OAJ va «Promsvyazbank»ga biznes tashrif bilan boshladi. Bank vakillari bilan telemarketing, mijozlarga innovatsion bank mahsulotlarini taqdim etish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish va optimallashtirish kabi muhim sohalarda tajriba almashish imkoniyati muhokama qilindi. Muzokaralar jarayonida moliyalashtirish sohasida bir qator boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.
Shundan so‘ng «Asaka» ATB vakillari mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining yangi standartlarini o‘rganish va chakana biznesni rivojlantirishning keyingi yo‘llarini aniqlash maqsadida savdo shoxobchalariga tashrif buyurdilar.
Bank xizmatlarini kengaytirish va yangilashni ko‘zda tutuvchi chakana xizmatlarni 2019-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida MDH davlatlari va boshqa davlatlarning yetakchi banklari tajribasini o‘rganish davom ettiriladi.
Reklama huquqi asosida