Amerika admirali AQSh harbiy-dengiz kuchlari Venesuelaga qarshi harakatlarga tayyorligini ma'lum qildi

Jahon 15:44 / 20.08.2019 8588

AQSh harbiy-dengiz kuchlari Venesuelaga qarshi zarur operatsiyalarni amalga oshirishga tayyor. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari janubiy qo‘mondonligi rahbari admiral Kreg Foller ma'lum qildi.

"Nimalar qilishni rejalashtirganimizni aytmayman. Ammo siyosiy qarorlarni bajarishga tayyor holatdamiz", - dedi u jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari dunyoda eng kuchli bo‘lib, "flotdan foydalanish haqida siyosiy qaror qabul qilinsa, amalga oshiriladigan ish bajariladi".

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga nisbatan dengiz qamali yoki karantinini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: