Yashirilgan kumushlar bojxona chegarasidan o‘ta olmadi

Jamiyat 10:51 / 19.08.2019 2880

Xalqaro aeroportlarimiz orqali harakatlanish chog‘ida bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postidan harakatlanayotgan fuqaro H.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida ushbu qoidabuzar umumiy qiymati 15,5 million so‘mlik 620,22 grammga teng bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: