Tramp Tayvanga F-16 qiruvchilarini sotish bo‘yicha 8 mlrd dollarlik shartnoma imzolanganini tasdiqladi

Jahon 15:00 / 19.08.2019 6681

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning noroziliklariga qaramasdan Tayvanga F-16 qiruvchilarini sotish bo‘yicha shartnomani ma'qullaganini tasdiqladi.

"Ha, shartnomani ma'qulladim. Bu 8 mlrd dollar. Bu katta pul, bu ko‘plab ish o‘rinlari", - dedi AQSh prezidenti. 

Tramp ushbu shartnomani Senat ham tasdiqlashi kerakligini qayd etdi. U shuningdek, Tayvan hukumati Amerika qiruvchilaridan foydalanishga mas'uliyat bilan yondashishiga umid bildirdi.

Pekin AQShning Tayvanga qurol sotishiga qat'iy qarshi chiqmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: