Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi

O‘zbekiston 22:00 / 19.08.2019 5381

Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatdagi foydalanilmayotgan 19 238 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni o‘zlashtirish uchun, jumladan: 

5 852 gektar yer maydoni Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga;

1259 gektar yer maydoni “Indorama agro” mas'uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasiga;

461 gektar yer maydoni parrandachilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga ajratib berilganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.

Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Iqtisodiyot va sanoat, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan Sirdaryo viloyatidagi foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etishga doir manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Sirdaryo viloyati hokimligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi zaxira yerlardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 10 000 gektar yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

2019 yilda Sirdaryo viloyatida foydalanilmasdan zaxirada turgan yaylov va bo‘z yerlarda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar tasdiqlandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi:

o‘n kun muddatda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga foydalanish uchun Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi zaxira yerlaridan 10 000 gektar, shu jumladan 7 545 gektar foydalanilmayotgan, 2455 gektar foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydoni ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishi;

2019 yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 4 121 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini tashabbuskorlarga belgilangan tartibda ajratib berish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish choralarini ko‘rishi belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: