O‘zbekistonlik Rossiya hududiga tushish uchun harakatlanayotgan poyezddan sakradi 

Jahon 21:24 / 19.08.2019 20441

Rossiyaning Orenburg oblasti Sol-Iletsk shahar okrugi sudiga O‘zbekistonning 31 yoshli fuqarosiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish kelib tushdi. O‘zbekistonlik taqiqlovga qaramay, oblast hududiga noqonuniy kirishda ayblanmoqda. 

Prokuraturada ma'lum qilinishicha, o‘zbekistonlik Rossiya hududidan migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 2 yil avval chiqarib yuborilgan. Unga yaqin 5 yil ichida Rossiyaga qayta kirish taqiqlab qo‘yilgan. Bir oy avval o‘zbekistonlik Rossiyaga poyezdda yo‘l olib, chegara kesib o‘tilgandan keyin harakatlanayotgan poyezddan sakragan. Biroq chegarachilar uni Chashkan posyolkasiga ketayotganda ushlab olishgan. 

O‘zbekistonlik aybini to‘liq tan olgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U 4 yillik majburiy ishlar yoki ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, jazo varianti sifatida 300 ming rublgacha jarima tayinlanishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: