O‘zbekiston ArMI-2019 natijalariga ko‘ra 5-o‘rinni egalladi 

O‘zbekiston 20:02 / 19.08.2019 29363

O‘zbekiston beshinchi marta o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlari ArMI-2019 musobaqalari natijalariga ko‘ra 5-o‘rin egalladi. 

Musobaqalarda 39 ta davlatdan 223 ta jamoa va 5 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etdi. 10 ta davlat hududida umumiy hisobda 32 ta tanlov o‘tkazildi: 15 ta musobaqa Rossiyada, 4 ta Xitoyda, 3 ta Qozog‘istonda, ikkitadan Belarus va Eronda hamda bittadan musobaqa Ozarboyjon, Armaniston, Hindiston, Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda ham musobaqalardan biri o‘tkazildi: “Forish” poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik harbiylar 14 ta tanlovda ishtirok etishib, 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Eron, Armaniston, Ozarboyjon, Mo‘g‘uliston va Hindiston egalladi.

Hamyurtlarimiz “Elbrus halqasi” tanlovi doirasida Yevropa va Rossiyaning eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Elbrusga ko‘tarilishda hamda “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida birinchi bo‘lishdi.

ArMIda 1-o‘rinni 31 ta medal bilan Rossiya, 2-o‘rinni 12 ta medal bilan xitoyliklar egalladi. 3- va 4-o‘rinlar Qozog‘iston va Belarus harbiylariga nasib etdi. 

Ko‘proq yangiliklar: