Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixail Chudakov: Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida Toshkent yaqinidagi BBP-CM yadroviy tadqiqot reaktorini yopishni rejalashtirishgandi, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov.
«Avvalgi prezident (Islom Karimov – tahr.) davrida elchi keldi. U bu reaktorni yopish zarurligiga meni ishontirmoqchi bo‘ldi va uni yopish uchun pul topishni so‘radi. Unga bunday qilmaslik kerak, sizlar yadroviy davlatsizlar. Ertami-kechmi albatta atom energetikasiga o‘tasizlar. Uni aslo yopmaslik kerak deb aytdim. Uni bu katta xato ekanligiga ishontirishga bir soat vaqtim ketdi», – dedi Chudakov.
Chudakov O‘zbekiston ulkan yadroviy energetika yaratish borasida to‘g‘ri qaror qabul qilganini e'tirof etdi.
«Bu o‘ziga xos energiya manbai. Xalqaro atom energiyasi agentligi O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 19ta yo‘nalish bo‘yicha yadroviy infrastrukturani mustahkamlashga yordam beradigan qator dasturlarga ega. Men atom energetikasining muqobili yo‘qligiga ishonaman», – dedi u.
Mixail Chudakov boshchiligidagi delegatsiya dushanba kuni Toshkentga keldi. U ertalab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida bo‘ldi va O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov bilan muzokara o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, quvvati 2 MVt bo‘lgan yadroviy tadqiqot reaktori 1959 yilda ishga tushirilgan. 1971 yilda yadro reaktorining yangi faol hududi sinovdan o‘tkazilgan va uning quvvati 10 MVtgacha yetgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

13:17 / 01.02.2025
Oyda elektr: olimlar kosmik missiyalar uchun yadro reaktorini yaratdi

20:41 / 08.12.2023
Xitoy dunyodagi «eng ilg‘or» yadro reaktorini ishga tushirdi

21:15 / 27.10.2022
Eron yangi yadro reaktori qurilishini boshladi

09:22 / 22.12.2021