Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Foto: Jose Breton/NurPhoto via Getty Images
«Barselona» yetakchisi Lionel Messi jarohatidan tiklanib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.
AS`ning xabar berishicha, 10-raqam egasi bugundan jamoa bilan birgalikda shug‘ullana boshlaydi.
Leo 6 avgust kungi mashg‘ulotda boldir mushaklaridan shikastlanib, AQSh turnesi va La Liganing ilk turidagi «Atletik» bilan o‘yinni (0:1) o‘tkazib yuborgan edi.
Manbaga ko‘ra, Messi «Atletik»ga qarshi bahsda qatnashishi ehtimoli bo‘lgan, ammo bosh murabbiy Ernesto Valverde uning sog‘ligi bilan tavakkal qilmaslikni ma'qul ko‘rgan.
2-turdagi «Betis» bilan o‘yinda «ko‘k-anorranglilar»ning boshqa bir hujumchisi – Luis Suares jarohati bois qatnasha olmaydi. O‘yin 25 avgust, yakshanba kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan mavsum kataloniyaliklarning 50ta o‘yinida qatnashib, 51ta gol va 22ta golli uzatma muallifi bo‘lgandi. U 10 karra Ispaniya chempioni sanaladi.
Mavzuga oid

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025