Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IMZO dan xonani shamollatishning yangi usuli

IMZO kompaniyasi xonalarni shamollatishning samarali usulini taklif qiladi.
Kvartiradagi, uydagi yoki ofisdagi plastik derazalar germetik muhitni yaratadi, shu sababli xonalarni kuniga 2-3 marta shamollatish lozim. Yopiq derazalar nafaqat oshiqcha shovqinni, balki toza havoni ham xonaga kiritmasligi oshiqcha namlik tufayli mog‘or hosil bo‘lishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun deraza oynasini nim ochib qo‘yish mumkin, biroq, bu xonaga turli hasharotlar va qor, yomg‘ir kirishiga olib keladi.
Yangi uy qurganda yoki uyni ta'mirlaganda odatiy aylanma-ko‘tarma derazalarni o‘rnatish o‘rniga xonani shamollatishning yangicha usulini ta'minlovchi derazalarni o‘rnatish maqsadga muvofiq. Xonani shamollatishning standart usulidan farqli tarzda parallel ochish funksiyasiga ega oynalar bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, bu qulaylik, xavfsizlik va energiya tejamkorligi.
IMZO kompaniyasi Winkhaus bilan birgalikda deraza romlarining butun o‘lchami bo‘ylab oynalarning parallel ochilishi funksiyasi yordamida O‘zbekiston bozori uchun xonani shamollatishning innovatsion, qulay va xavfsiz yechimini taklif qiladi. Bunday furniturali derazalar mustahkamligi, xavfsizligi va energiya tejamkorligi bilan eng zamonaviy qurilish talablariga mos keladi.
Winkhaus tomonidan taqdim etilgan yangi activPilot Comfort oynalarni parallel ochish tizimi – bu deraza texnikasidagi inqilobdir. Unda deraza oynasi va romlari orasida qariyb ko‘rinmas 6 millimetr hajmdagi tuynuk hosil bo‘ladi va u xonani samarali shamollatish imkonini beradi. Bunda xonani shamollatishda yelvizak hosil bo‘lmaydi, oyna ochilib yopilishi va xonaga yomg‘ir kirishi kuzatilmaydi. Oynalar parallel ochilib, xonani shamollatganda chivin va boshqa hasharotlar xonaga kirolmaydi.
ActivPilot tuzilishining o‘ziga xosligi shundaki, xonani shamollatganda ham, derazani yopganda ham sindirishga qarshi xususiyatlarni bir xilda saqlab qoladi. Shu boisdan uyda hech kim bo‘lmaganda ham xonani shamollatish mumkin bo‘ladi.
ActivPilot xususiyatiga ega Imzo derazalari – bu:
- Yelvizaksiz xonani shamollatish
- Sindirishga qarshi himoyaga ega xavfsizlik
- Issiqlik yo‘qotilishi bartaraf etiladigan energiya tejamkorligi
- To‘rsiz hasharotlarga qarshi himoya
- Har qanday havoda toza havoli muhit.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon:
Telefon: +99871 2077777
Sayt: www.imzo.uz
Feysbuk: fb.com/imzogroup/
Instagram: @imzogroup
Telegram: t.me/IMZO_Official
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16
-
Xoqon Fidan: Isroilning G‘azodagi genotsidi mintaqadagi o‘n yillik taraqqiyotni yo‘q qildi
Jahon | 10:46
-
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti
Iqtisodiyot | 10:41