Gepatit S nimasi bilan tahlikali va uni qanday tanib olish mumkin?

Light 15:37 / 19.08.2019 107892

Ushbu o‘lim darajadasidagi xavfli infeksiyadan 90 foizgacha bemorlar qutula olishadi. Asosiysi — davolanishni boshlashga kech qolmaslik.

Gepatit S — eng ayyor kasalliklardan biridir. Uni bekorga «muloyim qotil» deb atashmaydi: ko‘pincha u yillab, hattoki o‘n yillab o‘zini sezdirmaydi. O‘zini tanitishni boshlaganda esa juda kech bo‘ladi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, gepatitning S turi bilan yer yuzining 70 milliondan ortiq kishisi aziyat chekadi. Ushbu infeksiya va u bilan bog‘liq asoratlar natijasida yiliga 400 mingga yaqin inson vafot etadi.

Gepatit S va uning xavfi nima?

Jigarning gepatoinfeksiyalardan biri bo‘lgan S guruhi virusi bilan yallig‘lanishiga Gepatit S kasalligi deb aytiladi. Boshqa guruhdagi viruslar ham mavjud, biroq ular sezdirmasdan zararlamaydi.

Aksariyat hollarda S-virus qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, zararlanish kundalik hayot tarzida ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, manikyur jarayonida sizdan oldingi mijoz uchun ishlatilgan asboblarni yetarlicha sterillamaslik noxush holatni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori.

So‘ngra, inson o‘zida hech qanday g‘ayritabiiy alomatlarni sezmaydi. Virus jigarni deyarli sezdirmagan holatda qamrab oladi. Aynan shu sababli gepatit S’ning surunkali turi bilan og‘ruvchi bemorlarning 50 foizi kasallik haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lishadi. Bu orada u rivojlanib boradi.

Gepatit S jigar raki rivojlanishining asosiy sababidir.

Amerikaning kasallikni nazorat qilish va oldini olish Markazi ma'lum qilishicha, gepatit S bilan xastalangan odamlarda:

  • jigar faoliyatining surunkali buzilishlari rivojlanadi, xavf - 60-70 foiz;
  • jigar sirrozi yuzaga keladi (odatda bu zararlanishdan 20-30 yil o‘tib ro‘y beradi), xavf - 10-20 foiz;
  • jigar yetishmovchiligi kuchayadi, xavf - 3-6 foiz;
  • jigar raki aniqlanadi, xavf - 1-5 foiz.

Ijobiy holatlar ham mavjud: taxminan 15-25 foiz bemorlar o‘z-o‘zidan davoga erishadi. Ba'zida u bilan kasallanganini bilmagan holda ham virusdan qutulib ketish hollari uchraydi. Shifokorlar buni to‘satdan virusdan tozalanish deb atashadi va uning sababi aniqlanmagan.

Biroq siz qaysi guruhga kirasiz — o‘zini o‘zi davolaganlarmi, sirrozga yo‘liqqanlarmi yoki undan ham yomonroq — buni oldindan aytish mushkul. Yaxshisi, tavakkalchilik qilmagan ma'qul.

S gepatiti qanday aniqlanadi?

Kasallikning ikki davri mavjud: o‘tkir va surunkali. Birinchisi zararlanishdan keyingi 1-6 oylarda boshlanadi va 2 haftadan 12 haftagacha cho‘ziladi. Shu vaqt davomida yashiringan virus o‘z belgilarini beradi.

Aksariyat bemorlarda (80 foizgacha) og‘ir davr mutlaqo alomatlarsiz o‘tadi.

Aniq belgilar mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo ular ko‘p hollarda odatiy holsizlik bilan kechgani sababli shamollash yoki kuchli charchash deb taxmin qilinishi mumkin. 

Gepatit S’ning og‘ir davrini qanday aniqlash mumkin?

Quyida nisbatan keng tarqalgan alomatlarini keltiramiz:

  • Qorin sohasida qattiqlik. Odatda o‘ng tarafda, qovurg‘a ostida;
  • Sariq yoki malla rangli axlat;
  • Siydik rangi to‘qlashishi;
  • Tez toliqish, charchoqlik;
  • Doimiy ko‘ngil aynishi. Ba'zida qusish holatigacha;
  • Ishtaha yo‘qolishi. Uning sababi ko‘p hollarda — oz miqdordagi ovqat tanovulidan keyin ham oshqozon to‘lib qolganday tuyilishi;
  • Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq. Xuddi gripp alomatidek;
  • Harorat ko‘tarilishi. Ba'zan belgisiz, subfebril darajagacha;
  • Teri va ko‘z olmasining yengil sarg‘ayishi.

Yuqoridagi alomatlarning barchasi bir vaqtda sodir bo‘lishi shart emas. Bundan tashqari, ular tom ma'noda bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Agar shu davr boshqa kasallik bilan xastalanish — masalan, ORVI — paytida ro‘y bersa, gepatit S’ning belgilarini umuman payqamay qolish ham mumkin. So‘ngra o‘tkir davr yakunlanib, keyingisi — surunkali gepatit S boshlanadi.

Gepatit S’ning surunkali davrini qanday payqash mumkin?

U o‘zini yaqqol namoyish qilishi uchun jigarni keng egallab olmaguncha surunkali davr yillab va hattoki o‘n yillab cho‘ziladi. Gepatit S’ni bu davrida tanib olish og‘ir davriga qaraganda yanada qiyinroq. Ammo inson o‘zidagi o‘zgarishlarga yaxshilab e'tibor qaratsa, buning iloji bor.

Yuqorida keltirilgan alomatlarga qo‘shimcha ravishda bir necha belgilar paydo bo‘ladi:

  • Oson paydo bo‘luvchi ko‘karishlar. Qon ivishi omillari jigarda ishlab chiqariladi. Agar uning ishida nosozliklar paydo bo‘lsa, qon ivishi yomonlashadi.
  • Qon ketishi. Kichik tirnalishlardan ham uzoq vaqt qon oqishi mumkin. Buning sababi ham jigar faoliyatidagi kamchiliklardir.
  • Besabab qichishish va toshmalar yuzaga kelishi. Tananing har qaysi qismida kuzatilishi mumkin, lekin aksariyat hollarda yelka-bel, ko‘krak sohalarida, qo‘llarda paydo bo‘ladi.
  • Oyoqlarning tez-tez shishishi.
  • Bir qarashda sababsiz boshlangan vazn tashlash.
  • O‘rgimchak angiomasi. Bu teri ostida paydo bo‘luvchi qon tomirlarining klaster shaklida to‘planib qolishining nomi bo‘lib, xuddi o‘rgimchak to‘ridagi singari bir nuqtadan tarqalgan bo‘ladi.

Agar siz keltirilgan belgilarning hech bo‘lmasa 2-3tasini o‘zingizda kuzatgan bo‘lsangiz, bu zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tish kerakligini anglatadi.

Gepatit S gumoni yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Birinchi navbatda terapevtga ko‘rinish lozim. U sizning shikoyatlaringizni tinglab, o‘rinli deb topsa, sizni bir necha tekshiruvlarga yuboradi. Katta ehtimol bilan ular tarkibida — «jigar sinovlari» deb ataluvchi hamda gepatit viruslariga qarshi antitelani aniqlash uchun qon tahlili va qorin bo‘shlig‘i organlarining ultra tovush tekshiruvi mavjud bo‘ladi.

Agar gumonlar tasdiqlansa, terapevt sizni shifokor-infeksionist yoki gepatitni davolash bilan shug‘ullanuvchi gepatologga yuboradi.

Yaxshi yangilik: S gepatitini davolashning iloji bor.

90 foiz bemorlar atigi bir necha oy davom etuvchi dori-darmonlar qabulidan so‘ng salomatligini tiklab oladi.

Faqat yodda tuting: samarali davolash yo‘lini faqat shifokor aniqlaydi. Gap shundaki, gepatit S virusi bir necha genotiplarga ega bo‘lib, ularning har biri individual tartibdagi yondashuvni talab qiladi.

Davolash kursini jigarni tiklab bo‘lmaydigan holatga kelguniga qadar vaqt yo‘qotmasdan boshlashga ulgurish ham muhim.  

Kimlar gepatit S uchun tekshiruvdan o‘tishlari lozim?

Xavf guruhidasiz, agar siz:

  • begonalar qoni va ignalar bilan bevosita aloqada bo‘luvchi tibbiyot muassasida ishlasangiz;
  • betartib jinsiy hayot tarziga ega bo‘lsangiz;
  • pirsing yoki tatuirovkangiz bo‘lsa va xizmat ko‘rsatuvchining bir martalik yoki sterillangan asboblardan foydalanganini aniq bilmasangiz;
  • gigiyena darajasi shubhali salonlarda manikyur yoki pedikyur xizmatidan foydalangan bo‘lsangiz;
  • sizga qon quyishgan bo‘lsa;
  • turmush o‘rtog‘ingiz gepatit S bian zararlangan bo‘lsa;
  • onangiz gepatit S bilan zararlangan bo‘lsa;
  • qamoqda o‘tirib chiqqan bo‘lsangiz.

Gepatit S yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

Kasallik yuqishining asosiy yo‘li qon orqali ro‘y beradi. Ba'zi hollarda jinsiy yo‘l orqali va tug‘ruq jarayonida onadan bolaga o‘tishi mumkin, ammo bu juda kam uchraydi.

Gepatit S quyidagi yo‘llarda yuqmaydi:

  • ovqat, suv, ko‘krak suti orqali;
  • so‘zlashuv, quchoqlashish, o‘pishish, bir idishdan foydalanish orqali;
  • chivinlar va boshqa hasharotlar orqali.
  • Eng muhim qoida bu gigiyenaga rioya qilish va begona qondan ehtiyot bo‘lishdir:
  • Shprits va boshqa insonlarning biomateriallari bilan ishlash jarayonida qoidalarga amal qiling;
  • Jamoat joylarida tirnalishlar orttirmaslikka harakat qiling. Chunki sizdan oldin boshqa bir odam ham tirnalgan bo‘lishi mumkin;
  • Tish tozalash vositangizdan boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
  • Go‘zallik salonlari gigiyenasiga diqqatli bo‘ling;
  • Giyohvand moddalar iste'mol qilmang.

Va yana bir bor eslatamiz: gepatit S — davosi bor kasallik. Ammo eng yaxshisi unga yo‘liqmaslik. Ehtiyotkor va diqqatli bo‘ling.

Ko‘proq yangiliklar: