Donbassdagi janglarda Rossiya ham qatnashganini isbotlovchi dalillar to‘plandi - Guardian  

Jahon 15:03 / 19.08.2019 39636

Britaniyaning Forensic Architecture tadqiqot guruhi Ukrainaning Ilovaysk shahridagi 2014 yilgi urush harakatlarida Rossiya ham ishtirok etganligini isbotlovchi dalillar to‘pladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiyaning Ukrainadagi qurolli konvoylari, T-72B3 tankining sun'iy yo‘ldoshlar orqali olingan suratlarini to‘plashgan. Ularning ta'kidlashicha, o‘sha vaqtda bu tanklar faqat Rossiya armiyasida bo‘lgan.

Ilovayskdagi janglar avgustda “DXR” vakillari va Ukraina kuch ishlatish tuzilmalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

Kiyev bu janglarda rossiyalik harbiylar qatnashganini bir necha marta ta'kidlagan, Rossiya bu ayblovlarni rad etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: