AQSh va Markaziy Osiyo vakillari «S5+1» formatida muzokara o‘tkazadi

O‘zbekiston 19:12 / 19.08.2019 10830

21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadigan «C5+1» shaklidagi yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi. 

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Markaziy Osiyoning beshta davlati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan «C5+1» doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh Davlat departamentining o‘sha vaqtdagi boshlig‘i Jon Kerri o‘rtasida xalqaro hamkorlikning istiqbollari va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy – gumanitar sohalarda aloqalar bo‘yicha Markaziy Osiyo+AQSh ko‘rinishidagi «Samarqand deklaratsiyasi» kelishuvi imzolangan edi.

«S5+1» formati mintaqadagi iqtisodiy, savdo, atrof-muhit muhofazasi hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: