Superligada 17-tur yakunlandi. «Navbahor» Andijonda g‘alaba qozondi, «Dinamo»da ketma-ket beshinchi mag‘lubiyat

Sport 21:42 / 18.08.2019 10848

Shanba-yakshanba kunlari Superligada 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yinlarida «Lokomotiv» o‘z uyida «Nasaf»ni, «Navbahor» safarda «Andijon»ni minimal hisobda mag‘lub etdi.

Peshqadam «Paxtakor» OKMK maydonida yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi. Yuqori uchlikda borayotgan «Bunyodkor» «Metallurg»ni qabul qilib, yagona gol bilan ustun keldi.

Bu turda ham omadsizlikka uchragan «Dinamo» Superligadagi qatorasiga beshinchi mag‘lubiyatini Navoiyda «Qizilqum»dan qabul qildi - 1:2.

So‘nggi o‘rinda borayotgan klublardan «Buxoro» o‘z maydonida «So‘g‘diyona» bilan durang (1:1) o‘ynadi, «Qo‘qon-1912» «Surxon»ni qabul qilib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Superliga, 17-tur
18 avgust

Qizilqum – Dinamo – 2:1 (1:0)
Gollar
: Sherali Jo‘rayev (55), Mate Vatsadze (64) – Jasur Azimov (75, pen.)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov

Andijon – Navbahor – 0:1 (0:0)
Gol
: Aziz Turg‘unboyev (52)
Bosh hakam: Viktor Serazitdinov

Bunyodkor – Metallurg – 1:0 (0:0)
Gol: Xurshid G‘iyosov (74)
Bosh hakam: Vadim Agishev

17 avgust
OKMK – Paxtakor – 0:3 (0:1)
Gollar: 
Kozak (7), Yuldoshev (68, avtogol), Cheran (79)
Bosh hakam: Elyor Tursunov

Lokomotiv – Nasaf – 1:0 (0:0)
Gol: Jamshid Iskanderov (54)
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov

Buxoro – So‘g‘diyona – 1:1 (1:1)
Gollar:
 Fatxullo Fatxulloyev (72) – Shohruz Norxonov (81)
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev

Qo‘qon-1912 – Surxon – 2:1 (1:1)
Gollar
: Sobit Sindarov (7), Murod Xolmuhammedov (60) – Shavkat Salomov (38) 
Bosh hakam: Zokir Qodirov

18-tur
26 avgust, dushanba

Bunyodkor — Lokomotiv
Metallurg — Navbahor
Dinamo — Buxoro
27 avgust, seshanba
Paxtakor — Andijon
Nasaf — Qo‘qon-1912
So‘g‘diyona— OKMK
28 avgust, chorshanba
Surxon — Qizilqum

Ko‘proq yangiliklar: