Shoygu Osiyo va Tinch okeanida AQShga munosib javob qaytarilishini va'da qildi

Jahon 15:20 / 18.08.2019 41712

Moskva AQSh O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib ketganidan so‘ng Amerika tomonining harakatlariga qarab simmetrik choralar ko‘radi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.

«Osiyo, Osiyo-Tinch okeani hududida ular paydo bo‘lmaguniga qadar biz ham u yerda bo‘lmaymiz», — deb qo‘shib qo‘ydi u.

Shoyguning qayd etishicha, Moskva o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalar bo‘yicha Vashington bilan muloqotni davom ettirishga tayyor.

«Biz shunchaki taklif bildirmadik, goh u eshikni, goh bu eshikni ochdik. Biz o‘z harakatlarimiz ochiqligi va shaffofligini namoyish etdik», — ta'kidladi u.

Rossiya mudofaa vazirining fikricha, AQSh shartnomadan chiqish uchun shunchaki bahona qidirgan.  

O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma shu yil 2 avgustdan bekor bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: