Mourino ko‘zda yosh bilan: «Futboldan zavqlanish o‘rniga uni sog‘inib o‘tiribman»

Sport 20:37 / 18.08.2019 21843

Taniqli portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino futbolni qanchalar sog‘ingani haqida hissiyotga berilgan holda gapirib berdi.

«Ishim menga juda yoqardi. Professional futbolga kirib kelganimda qat'iyan tushunib olgandim: endi hammasi jiddiy tus oladi. Va hozirgacha futboldagi ishimga jiddiy qarayman. Lekin hozir, hammasi to‘xtab qoldi. Futboldan rohatlanish o‘rniga uni sog‘inib o‘tiribman», – deydi Mourino yig‘lashdan beri bo‘lib.

Eslatib o‘tamiz, 56 yoshli murabbiy o‘tgan yili dekabrida «Manchester Yunayted»dan iste'foga chiqqan edi.

Ayni paytda u Sky Spors`da APL o‘yinlarini jonli efirda tahlil qilib bormoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: