Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegarada otishma sodir bo‘ldi

Jahon 01:00 / 18.08.2019 10637

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegaraning Kashmir qismida otishma sodir bo‘ldi. 

Nyu-Dehli hukumatining bildirishicha, ikki davlat harbiylari orasida "qattiq" to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, bir nafar hind askari halok bo‘lgan.
Islomobod mazkur voqea bo‘yicha hozircha izoh bermadi.  

13 avgust kuni ham Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat chizig‘idagi otishmada Pokistonning 4 va Hindistonning 5 harbiysi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Kashmir knyazligi hududi 1947 yildan beri ikki davlat o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat chegarasi mavjud bo‘lmay, uning hududi nazorat chizig‘i bilan ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: