Argentina Moliya vaziri peso qadrsizlanishi tufayli iste'foga chiqdi

Jahon 10:30 / 18.08.2019 6402

Argentina Moliya vaziri Nikolas Duxovni milliy valuta devalvatsiyasi tufayli iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda TN telekanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu amaldor mamlakat prezidenti Maurisio Makriga o‘zini ishdan bo‘shatishni so‘rab xat yozgan.

«Men vaziyatdan kelib chiqqan holda sizning boshchiligingizdagi hukumat iqtisodiy sohada sezilarli darajada yangilashlar qilishi kerak deb hisoblayman», — degan Duxovni.

U ushbu prezident davrida hukumat tarkibida ishlash sharaf bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Prezident Duxovnining o‘rniga Buenos-Ayres provinsiyasi iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlab kelayotgan Ernan Lakunsuni Moliya vaziri etib tayinlagan.

Bundan avvalroq, Argentina birjasi 38 foizga pasaygani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: