Alyaskada jazirama sababli baliqlar ommaviy ravishda qirilib ketmoqda

Jahon 13:23 / 18.08.2019 21861

Alyaska shtatida bu yilgi yozda kuzatilayotgan jazirama oqibatida lososlar ko‘plab miqdorda qirilib ketmoqda. Bu haqda Yukon baliqlar bo‘yicha komissiyasi Stefani Kuinn-Devidsonga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Kuinn-Devidsonning so‘zlariga ko‘ra, u mahalliy aholining lososlar qirilayotgani haqidagi xabaridan so‘ng iyul oxirida tadqiqotchilar guruhi bilan Alyaskadagi Koyukuk daryosiga borgan.

Uning aytishicha, ekspeditsiya chog‘ida 850ga yaqin losos o‘lgani aniqlangan, ammo ekspeditsiyaning hisoblariga ko‘ra, bu raqam to‘rt-o‘n baravarga ko‘proq bo‘lishi mumkin. Aytilishicha, baliqlarning o‘limiga hududdagi jazirama sabab bo‘lgan.

Avvalroq AQSh milliy meteorologiya xizmati Alyaska shtatining qator hududlarida rekord darajadagi issiq harorat qayd etilganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: