Tramp sotib olmoqchi bo‘layotgan Grenlandiyaning taxminiy narxi ma'lum qilindi 

Jahon 00:48 / 17.08.2019 37390

Dunyodagi eng katta orol hisoblanmish Grenlandiyaning narxi 10 trln dollargacha yetadi. Orolni bunday narxga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti professori Konstantin Ordov baholadi.

Avvalroq Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaga tegishli bo‘lgan Grenlandiyani sotib olish g‘oyasini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan. Bunday urinishni o‘z vaqtida prezident Garri Trumen amalga oshirgan. U orol uchun 100 mln dollar taklif qilgan.

“Maydaroq orollarning bir kvadrat kilometri 5 mln dollar ekani hisobga olinsa, orol narxi 10 trln dollargacha yetishi mumkin. Bu esa AQSh yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘piga teng va juda shubhali iqtisodiy samaradir”, deb aytgan Ordov.

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining dotsenti Aleksandr Timofeyevning aytishicha, Grenlandiyada oltin, platina, uran, noyob metallar va neft konlari bor. 

Ko‘proq yangiliklar: