Nemis kompaniyasi Tesla elektromobillarini sotib olishdan voz kechdi

Iqtisodiyot 21:08 / 17.08.2019 12249

Germaniyaning avtomobillar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi Nextmove kompaniyasi qiymati 5,55 mln dollar bo‘lgan 85ta Tesla Model 3 elektromobilini sotib olishdan voz kechdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Nextmove 2018 yilda Model 3 elektromobillariga buyurtma bergan, ammo 15ta avtomobildan iborat dastlabki partiyaning sifati ma'qul kelmagandi — mashinalarda tirnalishlar va g‘ildirak hamda bo‘yalishi bilan bog‘liq boshqa nuqsonlar aniqlangandi. Nemis kompaniyasining bildirishicha, mijozlarga nuqsonli avtomobillarni taqdim etish kompaniya obro‘siga putur yetkazadi.

O‘z navbatida Tesla nuqsonlarni bartaraf qilganini ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, Leypsigda joylashgan kompaniya 300dan ortiq elektromobildan iborat avtoparkka ega. Ular orasida 38ta Tesla Model 3 elektromobili va o‘nta Model X avtomobillari mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: