Koutinoning yangi klubi ma'lum bo‘ldi

Sport 08:22 / 17.08.2019 20372

«Bavariya» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino transferi haqida kelishuvga erishganini e'lon qildi.

Myunxenliklar braziliyalik futbolchini keyinchalik to‘liq xarid qilish majburiyati bilan ijaraga olishadi. Yaqin orada Koutino tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Germaniyaga yo‘l oladi.

Koutino 2018 yil yanvar oyida «Liverpul»dan «Barselona»ga 120 million yevro evaziga o‘tgan edi. Yana 40 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 76ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi.

Ko‘proq yangiliklar: