Koreyaga ishlash uchun jo‘natishni va'da qilgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi

Jamiyat 13:41 / 17.08.2019 6284

Shu yilning 31 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani IIO FMBga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, noma'lum shaxs 2016 yil may oyida Surxondaryo viloyati Uzun tumani Xursand qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli A.I.ga o‘zini N.S. deb tanishtirib, uni Koreya davlatiga ishlash uchun jo‘natishni va'da qilib, 3600 AQSh dollari va 450 000 so‘m pullarini olib bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza dahasida yashovchi 24 yoshli N.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: